15:51 / 22.11.2015
3515

Berlindagi supermarketda Falastinning Isroil egallab olgan hududidan chiqqan mahsulot sotuvdan chiqarildi

Berlindagi Kaufhaus des Westens supermarketi Isroilda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvdan chiqardi. Bu haqda Haaretz nashri yozmoqda.
Aytilishicha, bu chora Yevrokomissiya Isroildan kelgan, Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i va Golan tepaliklarida ishlab chiqarilgan barcha tovarlar aksiz markalariga ega bo‘lishini talab qilgan.
YeI Isroil Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini, G‘azo sektori, Sharqiy Quddus va Golan tepaliklarini okkupatsiya qilganini tan oladi. Ilgari bu hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga maxsus markirovka qo‘yishni Buyuk Britaniya, Belgiya va Daniya talab qilgan edi. Endi bu qoidaga YeIning barcha 28 davlati qo‘shildi.
Supermarket vakili tegishli belgilar berilishi bilan mahsulot yana sotuvga chiqishini va'da qildi. O‘z navbatida, poytaxtdagi boshqa supermarketlardan biri savdo siyosati davlat siyosatiga bog‘liq emasligini ta'kidlab, mahsulotni rastalarda qoldirdi.

Top