16:22 / 22.11.2015
6954

Botir Qodirovning konsertiga tushish uchun kelgan muxlislarga chiptalar yetmay qolmoqda

21-22-23 noyabr kunlari Toshkentdagi "Istiqlol" san'at saroyida iste'dodli Botir Qodirovning yakkaxon konserti bo‘lib o‘tmoqda.

Xonandaning minglab muxlislari san'at saroyiga oila a'zolari va do‘stlar bilan guruh-guruh bo‘lib kelishmoqda.

Kontsert kunlarining dam olish kunlariga belgilangani katta talabni hosil qilganini ko‘rish mumkin.

Bunday talab ayniqsa, 22 noyabr kungi dasturda kuzatilgan. Kontsert tashkilotchisining ma'lum qilishicha, bugun konsertga tushish maqsadida kelgan 500 nafar atrofidagi kishi chipta ololmasdan ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Ma'lumot berilishicha, bu konsert uchun chiqarilgan chiptalar 1 hafta oldinoq sotilib bo‘lgach, muxlislar talab va istaklari inobatga olingan holda konsert o‘tkaziladigan kunlari kunduzgi seanslarga ham dasturlar belgilashga majbur bo‘lingan.

Qayd etish kerakki, muxlislarning katta qiziqishlariga sabab bo‘lgan konsert oddiy emas, balki shou tarzida tashkil etilgan. Ayrim o‘rinlarda san'atkorning nafaqat xonandalik salohiyati, balki aktyorlik, raqqoslik mahoratiga ham guvoh bo‘lish mumkin. Kontsert ssenariysini tuzishda xalqaro toifadagi prodyuser Franki Raden takliflaridan foydalanilgan. Undagi vizualizatsiya va yoritish effektlari dasturning bayramona, shukuhli o‘tishiga xizmat qilmoqda.

Top