20:43 / 22.11.2015
5256

Denov tumanida amaldorlar guruhi fuqaroga yo‘l o‘lchab berish bahonasida undan 30 mln so‘m pul undirishdi

Surxondaryoning Denov tumanida amaldorlar guruhi fuqaroga yo‘l o‘lchab berish bahonasida undan 30 mln so‘m pul undirishdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, tumandagi Tortuvli QFY raisi Mo‘minjon Xodjaqulov Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmati Tortuvli QFY mutaxassisi Yuldash Zamanov, Oxtom mahallasida yashovchi fuqaro Jamoliddin Nuritdinov va Yangiqishloq mahallasida yashovchi fuqaro Ibragimjon Karimovlar bilan til biriktirgan.
Ular fuqaro A. Hikmatovga Tortuvlidan 30 sotix yer ajratib berishi lozim bo‘lgan. Dastlab 15 sotix yer o‘lchab berilgan, qolgan qismi haqida qaror chiqarib berish uchun fuqarodan 15 mln so‘m pul so‘ralgan. Oradan bir muddat o‘tib, yana shuncha miqdordagi pul pora tarzida olingan.
O‘ljalarini aldash maqsadida amaldorlar unga yer rasmiylashtirilgani haqida soxta dalolatnoma tutqazishgan. Ammo bu yerlar boshqaga tegishliligini bilib qolgan Hikmatov tegishli idoralarga murojaat qilgan.
Sud Xodjaqulovni 6.5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Top