00:18 / 22.11.2015
5959

Dmitriy Medvedev Malayziya milliy ko‘ylagida paydo bo‘ldi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Malayziyada bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy Osiyo sammiti uchrashuvlaridan oldin Malayziya milliy ko‘ylagi – baja kiygan holda namoyon bo‘ldi. Yashil rangdagi bu ko‘ylak Medvedevga juda xush keldi va u bunday ko‘ylakda muzokaralar o‘tkazish juda qulayligini aytib o‘tdi.

“Shunday kiyimni rasmiy maqsadlar uchun olsak qanday bo‘larkin?”, deb hazillashib o‘tdi Medvedev.

Dmitriy Medvedev faol internet-foydalanuvchi hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlarda yashil baja kiyib olgan suratlarini chop etdi.

Top