10:37 / 22.11.2015
4396

Fransiya armiyasi bosh shtabi rahbari IShID ustidan g‘alaba qozonish oson emasligini tan oldi

Fransiya armiyasi bosh shtabi rahbari Per de Vile IShID ustidan g‘alaba qozonish oson emasligini tan oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

“Armiyada biz uzoq istiqbollarga o‘rganganmiz, ammo odamlar tez natijalarni xohlaydi. Suriya va Iroqda biz bu vaziyatga duch kelganmiz. Barcha biladiki, ixtilofga diplomatik va siyosiy kanallar orqali yakun yasaladi”, - dedi u Le Journal du Dimanche’ga bergan intervyusida.

Shuningdek, de Vile rossiyalik hamkasbi Valeriy Gerasimov bilan Suriyadagi xatti-harakatlarni muhokama qilganini aytdi. U ikki davlat o‘zaro kelishib ish tutishi lozimligini ta'kidladi.

Top