16:35 / 22.11.2015
2935

Germaniya ichki ishlar vaziri bundesverning terrorchilikka qarshi kurashda ishtirokiga qarshi

Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezer bundesverning mamlakat ichida terrorchilikka qarshi kurashga jalb qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda Bild am Sonntag nashri yozmoqda.

“Germaniyaning ichki xavfsizligini ta'minlash politsiyaning ishi, va u o‘z vazifasini bajarishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan”, - ta'kidladi u.

Ilgariroq Germaniya parlamentida ko‘pchilikni tashkil qiladigan Xristian-demokratik ittifoqi va Sotsial-demokratik partiya vakillari GFRning Suriyada IShIDga qarshi kurashga qo‘shilishini yoqlab chiqqan edi.

Top