Hurmatli o‘quvchilar! Yurtimizda xafta davomida (16-22 noyabr) sodir bo‘lgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.
Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlari uchrashuvi o‘tkazildi>>
13 noyabr kuni Yaponiya ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Kixei Maekava rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Moskvadagi o‘zbeklarga tegishli "Ya Samarqand" kafesiga bezorilar hujum uyushtirishdi>>
O‘zbekistonlik dzyudochilar Xitoydagi Gran-Prida qatnashish uchun jo‘nab ketdi>>
BBC O‘zbekistonda Buyuk Ipak yo‘li haqidagi filmni suratga olishni boshladi>>
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolanadi>>
O‘zbekistonda “Yoshlar haftaligi” boshlandi>>
2016 yilda xotin-qizlar va nogironlarni ishga joylashtirishga alohida e'tibor qaratiladi>>
16 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Marokashdagi sambo bo‘yicha JChda O‘zbekiston vakillari 7ta medal olishdi
Marokashning Kasablanka shahrida sambo bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Yilning so‘nggi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkib bilan ishtirok etdi.
Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekistonga keldi>>
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan O‘zbekistonga rasmiy tashrifini boshladi.
Osiyo taraqqiyot banki Namangan viloyatida kanallar qurilishini moliyalashtiradi>>
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan, O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysida 2016-2018 yillarda kanallarni rekonstruksiya qilish va qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida Namangan kiloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 27,5 kilometrlik Yon kanali va 14 kilometrlik Gaznon kanallari to‘liq rekonstruksiya qilinadi.
Belarus O‘zbekistonga zirhli mashinalar yig‘ishni taklif qilmoqda>>
Belarusning “140-ta'mir zavodi” O‘zbekistonga zirhli mashinalar yig‘ish, shuningdek, harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatishni taklif qildi. Bu haqda yaqinda Toshkentga kelib ketgan korxona delegatsiyasi vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar qilmoqda.
Toshkentda Kichik grantlar dasturi muhokama qilindi>>
2015 yil 16 noyabr kuni Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasida Global ekologik jamg‘armaning Kichik grantlar dasturiga oid mamlakatlarga bo‘yicha dasturiy strategiyasi holatlari muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekistonda antibiotiklar haqida xabardorlik kuni nishonlanadi>>
Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 9:00da “Poytaxt” biznes-markazida Antibiotiklar haqida xabardorlik kuniga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda 10 yoshli qizaloq bastakor, pianist va dirijyor sifatida konsert qo‘ydi>>
14 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 10 yoshli iqtidor egasi Jannat Huseynzodaning yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi KOICA Kasb-hunarga o‘qitish markaziga qabul haqida e'lon qilindi>>
“O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qitish (kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash) uchun qabul qilinadi.
O‘zbekistonda Janubiy Koreya nodavlat tashkiloti faoliyatidan xavotir bildirilmoqda>>
O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning Osiyo madaniyat va taraqqiyot institutining Toshkentdagi vakolatxonasi faoliyatidan xavotir bildirilmoqda.
O‘zbekiston TIVda diplomatik xizmatning yangi rahbari tayinlandi>>
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov vazirlikning Diplomatik xizmatlar bo‘limiga («Dipxorijxizmat») yangi rahbar tayinladi.
Samarqandda rasman olinmagan 42 nafar litsey o‘quvchilari 3-kursda o‘qishda davom etmoqda>>
Mana uch yildirki, SamDU qoshidagi birinchi akademik litseyda rasman o‘qishga kira olmagan 42 nafar o‘quvchi tahsil olishda davom etmoqda. Ular darslarga qatnaydi, reyting daftariga ega, imtihonlarni topshiradi, ular allaqachon uchinchi kursda ta'lim olmoqda.
O‘zbekiston global terrorchilik reytingida 124-o‘rinni egalladi>>
Londonda joylashgan Iqtisodiyot va tinchlik instituti (The Institute for Economics and Peace) tomonidan hozirlangan Global terrorchilik reytingida O‘zbekiston 162 davlat ichida 124-o‘rinni egalladi. Tadqiqot natijalari institutning saytida e'lon qilindi.
O‘zbekistonda xalqaro "Bag‘rikenglik kuni" nishonlandi>>
“16 noyabr—Xalqaro bag‘rikenglik kuni”. Ushbu sana munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universitetida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglik—jamiyat barqarorligi garovi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
O‘zbekistonlik qandolatchilar mahsulotlarini qadoqlashda qiyinchiliklarga duch kelishayotganini aytishmoqda>>
Ayni paytda o‘zbekistonlik qandolatchilar mahsulotlarini qadoqlash va o‘rashda (upakovkalashda) qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, deb aytdi yaqinda bo‘lib o‘tgan soha vakillari matbuot-anjumanida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi vakili.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Parijdagi teraktlarni qoraladi>>
O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurov xorijiy OAVga bergan intervyusida Parijda sodir etilgan teraktlarni keskin qoraladi.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida bir qator hujjatlar imzolandi>>
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 17 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
8 noyabr - O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun>>
O‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan har bir yurt bayrog‘ining Birlashgan millatlar tashkiloti bosh qarorgohi maydonida muzaffar hilpirashini istaydi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya oyligi boshlandi>>
Samvel Babayan: “Muhim g‘alabaga erishdik va uni muxlislarga bag‘ishlaymiz">>
Farg‘onalik doirachi Parijda o‘tkazilgan ijod festivalida g‘olib bo‘ldi>>
O‘zbek olimlari C gepatiti virusini aniqlashning yangi usulini ixtiro qilishdi>>
FVV: 17 kuni Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2,5-3 ballga teng bo‘lgan>>
Pokiston bosh vaziri Mustaqillik maydoni va Samarqand shahrini ziyorat qildi>>
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston bosh vaziri Muhammad Navoz Sharif 18 noyabr kuni Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoni va Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
O‘zbekistonda Konstitutsiya oyligi boshlandi>>
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi munosabati bilan umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, Mehribonlik uylari va maxsus maktab-internatlarda huquqiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlar oyligi boshlandi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarishning O‘zbekiston YaIM hajmidagi ulushi 1,4 foizga o‘sdi>>
«O‘zqurilishmahsulot» AK 2014 yilda 2 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 2,12 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda, deb yozadi review.uz.
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi yillik mahsulot ayirboshlash hajmi 300 mln dollarga (816,3 mlrd so‘m yoki 31,6 mlrd rupiy) yetishi mumkin.
Tomsk viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi>>
2015 yilning 10-15 noyabr kunlari Tomsk viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, deya xabar bermoqda Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Onasi Dubayga ishlashga ketib, o‘zi qulga aylantirilgan 9 yashar samarqandlik bola ozod etildi>>
IIV Jizzax viloyatida gaz quvuri portlagani haqidagi xabarlarni inkor qildi>>
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatida “G‘allaorol-Yangiyer-Toshkent” gaz quvuri uchastkalaridan birida avariya sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonlik qori Makka shahrida o‘tkazilgan 37-Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida ishtirok etdi>>
Joriy yilning 7-11 noyabr kunlari Qur'oni karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilgan 37-Xalqaro Qur'oni karim musobaqasida, o‘zbekistonliklar vakili – “Mulla Qirg‘iz” o‘rta maxsus islom bilim yurtini bitirgan, hozirda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Tuganoy ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shamsiyev Hamidxo‘ja ishtirok etib qaytdi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi 44 mlrd so‘mlik 120 ta shartnoma imzoladi>>
2015 yilning 9 noyabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasidagi qabul marosimida elchi Jak-Anri Els Fransiya madaniyat va kommunikatsiyalar vaziri Flyor Pelleren nomidan O‘zbekistonning ikki fuqarosiga “San'at va adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun” ordeni kavalerining belgilari bilan mukofotladi.
Pokiston bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi>>
3 dekabr kuni Senatning yalpi majlisi chaqiriladi>>
2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi>>
2015 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda kuchsiz zilzila qayd etildi>>
20 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 10:45da O‘zbekiston hududid
OAV: uyali aloqa qachon yaxshi ishlaydi?>>
Oxirgi paytlarda O‘zbekistonning turli hududlarda uyali aloqa sifatining tushib ketganligi qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.
«Ochiq xat» kitobi «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovi g‘olibi bo‘ldi>>
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ochiq xat» kitobi «Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovida g‘olib bo‘ldi.
Sirdaryoda chaqaloqfurushlar qo‘lga olindi>>
Sirdaryodagi shifoxonalardan birida akusherlik lavozimida ishlab kelgan ayol chaqaloq savdosida ayblanib qo‘lga olindi.
Toshkent o‘t o‘chiruvchilari yil davomida 14 marta telefon orqali aldandi>>
2015 yil davomida Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi idorasiga yong‘in haqida 14 marta yolg‘on qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Uzreport kanali APL o‘yinlarini translyatsiya qilishni boshlamoqda>>
Uzreport kanali O‘zbekiston hududida Angliya premer-ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib olgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo uchuvchilari uchun trening markazi tashkil etiladi>>
Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) 2016 yili Toshkentda Markaziy Osiyo fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilari uchun trening markazi yaratishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston tekstilchilari Rossiya armiyasiga kiyim-kechak yetkazib beradi>>
Amin Invest International O‘zbekiston-Angliya-Rossiya qo‘shma korxonasi joriy yilda Rossiya armiyasiga bir necha turdagi kiyim-kechak yetkazib berishni boshlaydi.
O‘zbekistonda navbatdagi zilzilalar sezildi>>
21 noyabrda tonggi soat 5:16 da Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi.
"Paxtakor" 11-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi>>
Bugun, 21 noyabr kuni Oliy liga 30-turi doirasida oxirgi uchrashuvlar o‘tkazildi va milliy chempionatning joriy mavsumi yakunlandi.
Toshkentdagi "Parlament" kafesida yong‘in kelib chiqdi>>
Bugun, 21 noyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan "Parlament" kafesida yong‘in kelib chiqdi.
O‘zbekiston ko‘proq hajmda uran va oltin qazib olishni rejalashtirmoqda>>
O‘zbekiston tog‘-kon faoliyatini faollashtirib, xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlamoqchi. O‘zbekiston barcha e'tiborini oltin, uran va mis qazib olishga qaratadi va shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni izlamoqda. Joriy yilda qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun 540 ta kondan foydalanishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda noqonuniy o‘q-dori bilan qo‘lga tushdi>>
O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs Qozog‘istonning Mangistau viloyatida mashinada o‘q-dori olib ketayotganida qo‘lga olindi.
Toshkentda zaruriy tadbirlar o‘tkazilishi natijasida gaz bosimi taqsimoti barqarorlashtirildi>>
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida gaz taqsimoti tizimi katta ko‘lamda rekonstruksiya qilindi. Eski gaz quvurlari to‘liq almashtirildi. Buning evaziga Toshkentning barcha tumanlarida gaz bosimi taqsimoti yaxshilandi.
Huquq-tartibot organlari tomonidan qariyb 2 mlrd so‘mlik kontrafakt mahsulotlari musodara qilindi>>
2015 yilning 9 oyi mobaynida kontrafakt mahsulotlarning umumiy qiymati 1 841 786 500 so‘mni tashkil qildi.
Igor Sergeyev 23 ta gol bilan Oliy liga to‘purariga aylandi>>
Hujumchi "Andijon"ga qarshi kechgan so‘nggi tur uchrashuvining 72-daqiqasida penaltidan va 84 daqiqada o‘yindan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Tsindaodagi turnirda sovrindor bo‘ldi>>
Xitoyning Tsindao shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri davom etmoqda. Musobaqada 59 davlatning jami 379 nafar dzyudochilari tatamiga chiqishyapti.