10:19 / 22.11.2015
5256

Kapello: Hech qanday o‘yinchi, hatto Ronaldu ham, “Real”day buyuk jamoaga shart qo‘yishga haqli emas

Rossiya terma jamoasi hamda Madridning “Real” jamoasi sobiq murabbiyi Fabio Kapello Ronalduning Rafael Benites haqidagi oxirgi so‘zlariga munosabat bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha jamoa “Barselona”dan 0:4 hisobiga yengilganidan so‘ng Krishtianu Ronaldu yo jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Rafael Benites, yo uning o‘zi jamoadan ketishini aytgan edi.
“Ronaldu bu so‘zlarni rostan aytdimi, yo‘qmi, bilmaymiz. Agar bu to‘g‘ri bo‘lsa, vaziyat juda jiddiy. Hech qanday o‘yinchi, hatto Ronaldu ham, murabbiy taqdirini o‘zicha hal qilishga va “Real”day buyuk jamoaga shart qo‘yishga haqli emas”, - dedi Kapello.
“Men bunday narsalarga hech qachon jim qarab turmas edim”, - qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Top