10:27 / 22.11.2015
3776

Luis Enrike: Inesta jahon ahamiyatiga molik, shu bois “Real” muxlislari uni olqishlaydi

“Barselona” jamoasining bosh murabbiyi Luis Enrike “Real” ustidan qozonilgan g‘alaba (4:0) haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Bizning rejamiz qanday bo‘lgan? Hozir hammasi qanday ketayotgan bo‘lsa, xuddi shu rejamizdir. “Santyago Bernabeu”da g‘alaba qozonish mumkin, lekin bizning bugungi g‘alabamiz eng yaxshisidir. Bu o‘yin “Barselona” muxlislarining esida qoladi”, - dedi u.
Shuningdek, u Inestani butun stadion olqishlaganidan hayratda emasligini aytdi: “Inestga olqishlar? Inesta jahon ahamiyatiga molik o‘yinchidir. Madrid muxlislari nimaga uni olqishlashini tushunaman”.

Top