11:02 / 22.11.2015
3040

OAV: britaniyaliklarning ko‘pchiligi mamlakatning IShIDga qarshi operatsiyaga qo‘shilishi tarafdori

IShID davlatiga qarshi koalitsiya faoliyati boshlanganidan buyon birinchi marta Britaniya aholisining ko‘pchiligi jangarilarning Suriyadagi pozitsiyalarini bombalashni jadallashtirish, shuningdek, Britaniya qo‘shinlarining yer usti operatsiyasida ishtirok etishini yoqlab chiqmoqda. Bu haqda mamlakatning yetakchi nashrlari xabar bermoqda.
Jumladan, Sunday Express’ning ma'lum qilishicha, britaniyaliklarning 56 foizi keng miqyosli operatsiya boshlash tarafdori bo‘lib turibdi. Bu nafaqat aviazarbalar berish, balki Suriyada terrorchilarga qarshi yer usti operatsiyalarini o‘tkazishni ham nazarda tutadi.
“Ayni paytda bu raqam Yaqin Sharqda harbiy harakatlar boshlash uchun lakmus qog‘ozidir”, - deb yozadi nashr.

Top