22:54 / 22.11.2015
4263

Parijning shimoliy vokzali kabutar tufayli evakuatsiya qilindi

Parijning shimoliy vokzali elektr kabelga urilgan kabutar tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda 22 noyabrda International Business Times nashri ma'lum qildi.

Qush simga kelib urilishi oqibatida chiqqan kuchli paqillash ovozi va chaqnoq portlash yoki otishma kabi qabul qilingan, deb ta'kidlamoqda Metro nashri. Politsiyachilar voqea joyini tekshirib chiqishgan.

The Independent nashrining ma'lum qilishicha, ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi va odamlarda vahima uyg‘otdi. Ayni paytda vaziyat barqarorlashgan, vokzal ishchi tartibda ishlamoqda.

Top