17:38 / 22.11.2015
4937

Qirg‘iziston prokuraturasi: Boeing uchuvchilari xavfsizlik qoidalarini buzdi

Qirg‘izistonning transport prokuraturasi O‘sh shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan Boeing 737 samolyoti yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda idora sayti orqali xabar qilindi.

Ilgariroq ma'lum qilinganidek, AviaTraffic kompaniyasiga tegishli samolyot shaharda favqulodda qo‘ngan, bunda qo‘nish chizig‘idan biroz chiqib ketgan edi. Layner uchuvchilari xavfsizlik qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Top