14:42 / 22.11.2015
4301

Qirg‘izistonda yer qimirlashi oqibatida 4 ming uy zarar ko‘rdi

Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida seshanba kunidan buyon kuzatilgan bir qator yer silkinishlar oqibatida 4 mingga yaqin uy zarar ko‘rdi. Bu haqda mamlakat parlamentiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Seshanba va chorshanba kunlari Qirg‘izistonda bir qancha zilzilalar sodir bo‘ldi. Eng kuchlisizining magnitudasi 7 ballni tashkil etdi. Qurbonlar va jarohat olganlar bo‘lmadi. Ofat episentri viloyatning Qorasuv tumaniga to‘g‘ri keldi. Aytilishicha, buning oqibatida 200 uy vayron holatga kelgan, ijtimoiy obektlarning 50 foizidan ortig‘i turli darajada zarar ko‘rgan.
Juma va shanba kunlari 5.1 magnitudali yana to‘rt silkinish ro‘y berdi. Silkinishlarning umumiy miqdori 7tani tashkil qildi.
O‘sh viloyatida hukumat vakilining birinchi o‘rinbosari Bayish Yusupovning so‘zlariga qaraganda, bu holatlarda jami 4 mingga yaqin uy zarar ko‘rgan.

Top