15:35 / 22.11.2015
3594

Qrimdagi yirik shaharlarda elektr ta'minoti tiklandi

Qrimdagi yirik shaharlarda elektr ta'minoti tiklandi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda 22 noyabr kuni respublika hukumati bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Mixail Sheremet bayonot berdi.
Bugun ertalab Qrimning ko‘pchilik shaharlari elektr ta'minotidan uzilib qolgani xabar qilingan edi.
“Elektr yetkazib berishda muammo tug‘ilgan mintaqalarga elektr quvvatining kuchli manbalari yo‘naltiriladi”, - ishontirdi u.
Shu bilan birga, Sheremet yarim orolning o‘zida yetarli miqdorda elektr ishlab chiqarilmayotgani bois suv va elektrni vaqti-vaqti bilan uzish davom etishini tan oldi.
“Biz bundan qocha olmaymiz. Yaqin orada o‘chirishlar grafiklari aholiga yetkaziladi”, - tushuntirdi u.

Top