16:53 / 22.11.2015
3623

Rafael Benites: Jamoa birlashishi va tang vaziyatdan chiqishimiz kerak

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites "Barselona"dan uchralgan yirik 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni jamoaning barcha a'zolari birdek zimmasiga olishi kerakligini aytdi.

Uning aytishicha, jamoa hozirgi vaziyatdan chiqish uchun birgalikda harakat qilishi kerak.
"Har qanday mag‘lubiyat og‘riqli, ayniqsa "Barselona"ga qarshi o‘yindagisi. Biz xatolarimiz uchun to‘lov amalga oshirdik.

O‘yinda raqibdan to‘pni olib qo‘yishga va hujumlar yaratishga harakat qildik, lekin bu amalga oshmadi.

Hozir biz birlashishimiz kerak va keyingi o‘yinlarda xatolarimizni to‘g‘rilashimiz kerak", deydi Benites.

Biroz oldinroq, jamoa futbolchilari uning o‘yin uslubidan norozi bo‘layotgani va jamoa prezidenti Peres uni ishdan bo‘shatish haqida o‘ylayotgani haqida xabar qilingandi.

Top