10:12 / 22.11.2015
4442

Rossiyaga qarshi sanksiyalar yana yarim yilga uzaytirilishi mumkin

G20 sammitidagi uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2016 yil iyuniga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qilishdi. Bu haqda yevropalik diplomatlardan biriga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Siyosatchilar bu sanksiyalar Ukraina sharqidagi saylovlar arafasida zarur, degan xulosaga kelishdi.
“Ukrainaga saylovlar og‘ir atletika bilan barobardir. Biz sanksiyalardangina foydalanib xohlagan natijamizga erishamiz. Moliyaviy cheklovlar oxirigacha kuchda qolishi lozim”, - dedi agentlikning nomi keltirilmagan suhbatdoshi.

Top