15:30 / 22.11.2015
3364

Turkish Airlines samolyoti portlash xavfi tufayli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A330 samolyoti portlash xavfi tufayli Galifaks shahri aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Flightradar24 nashri xabar berdi.
Aytilishicha, layner Nyu-Yorkdan Istanbulga qaytayotgan edi.
Qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, yo‘lovchilardan hech kim zarar ko‘rmagan.
Voqea joyiga favqulodda xizmatlar guruhlari yetib keldi.

Top