19:09 / 23.11.2015
4348

3D-printerda chop etilgan reaktiv dron tezlik bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Reaktiv dvigatelga ega yangi dron 3D-printerda chop etilgan eng murakkab uchar apparat deb tan olinishi mumkin. Shu oyda Dubaydagi aviashouda taqdim etilgan dron Xitoyning radioboshqaruvli ishlanmalariga mutlaqo o‘xshamaydi. Uning 3 m li qanotlari va aerodinamik dizayni diqqatga sazovor.
Dronni ishlab chiqqan kompaniya Aurora Flight Sciences i Stratasys vakillarining ta'kidlashicha, apparatning 80 foizidan ortiqrog‘i printerdan chiqarilgan. Dronning vazni 15 kg, tezligi esa 341 km/soatni tashkil qiladi.
“Bu 3D-printerda chop etilgan dunyodagi eng katta, eng tezkor va eng murakkab uchar apparatdir”, - dedi kompaniya muhandisi Den Kempbel taqdimot chog‘ida.
U allaqachon tezlik rekordini o‘rnatgani aytilmoqda.

Top