19:15 / 23.11.2015
3776

Britaniyalik ayol erining xiyonatini bilib qolgach, uyni sotib yubordi

Buyuk Britaniyada yashovchi ayol Lora Arnold o‘z turmush o‘rtog‘i Kreygning xiyonat ko‘chasiga kirganini payqab qolgach, oilaviy uyni sotib yubordi. Bu vaqtda uning eri Nyu-Yorkka 2 haftalik xizmat safariga ketgandi.

"Arnold kechasi uyiga qaytib, eshik qulfi almashtirilganini ko‘radi. U eshik qo‘ng‘irog‘ini bosganidan keyin ichkaridan chiqqan 21 yoshli yigitni ko‘rib, badtar hayron bo‘ladi. Uyda undan tashqari yana 6 nafar talaba bor edi", deyiladi Metro nashri xabarida.

Uyning yangi egalaridan biri janob Kreygga bu uyni sotib olishganini bildiradi.
Kreyg uyga kirganida ichkarida Loraning buyumlari yo‘qligini, undan ikki enlik xat qolganini ko‘radi. Unda "Bizning munosabatlarimiz unchalik o‘xshamadi", deya yozilgandi.
Janob Kreygning ma'lum qilishicha, o‘tgan 2 hafta ichida uyi sotilib ketganidan butkul hayron bo‘lgan.

Xabarda yozilishicha, 42 yoshli Lora turmush o‘rtog‘ining telefonidan uning qandaydir ayol bilan munosabat o‘rnatganini isbotlovchi dalillar aniqlagan.

Aldanganini bilgan ayol shundan so‘ng, Kreyg safardan qaytgunicha uyni sotib yuborishga qaror qilgan.

Unga ota-onasi moliyaviy ko‘mak ko‘rsatgan, shuning uchun bir o‘zi kun ko‘ra olishiga ko‘zi yetgan Lora Arnold yangi uy sotib olgan. U eri bilan yashagan uyni sotib yuborish uchun ruxsat olish shart deb bilmagan.

Top