09:28 / 23.11.2015
5053

Dunyoda Shimoliy oq karkidonlarning so‘nggi uchtasi qoldi

San-Diyego safari-xiyobonida Nola ismli 41 ga kiradigan Shimoliy oq karkidon o‘ldi. Shu sabab yer yuzida shu turga mansub uch karkidon qoldi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times.

O‘tgan haftada Nolaning ahvoli og‘irlashgan edi. Hayvonot bog‘i xodimlari bu borada zarur chora-tadbirlarni qo‘llab ko‘rishdi. Nola Sharqiy Yevropadan 1989 yili keltirilgan edi.

Oxirgi 50 yil davomida bu kabi karkidonlar keskin qirilib ketdi. 1960 yilda ularning soni 2200 ta qolgandi. O‘tgan yilda ularning soni besh dona qolgani ma'lum bo‘lgan edi.

Top