22 noyabr kuni Argentinada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazildi.
Ekzit-pollar natijalariga ko‘ra, saylovda muxolif partiya nomidan qatnashgan nomzod Maurisio Makri g‘alaba qozongan. Bu muxolifatdagilarning 12 yil ichidagi ilk g‘alabasiga aylanishi mumkin.
Reyter xabariga ko‘ra, Bueros-Ayres shahri meri bo‘lgan 56 yoshli Maurisio Makri (u "Respublikachi taklif" partiyasi nomoyondasi hisoblanadi) o‘z raqibi, "G‘alaba fronti" alyansi vakili Daniel Stsiolini 5-8 foizlik ovoz farqi bilan mag‘lub etishi kutilmoqda.
Birinchi turda Makri 36,2 foiz, Stsioli esa 34,7 foiz ovoz to‘plagandi.