09:40 / 23.11.2015
2912

Garet Beyl: “Men Ronaldu hamda Messi darajasiga chiqa olaman"

“Real Madrid” yarim himoyachisi Garet Beyl o‘z jamoadoshi Krishtianu Ronaldu hamda “Barselona” a'zosi Lionel Messi darajasiga chiqa olishini ma'lum qildi.

“Men Ronaldu hamda Messi darajasiga chiqa olaman. Chunki nima qodir ekanimni bilaman. Men “Oltin to‘p” va shu kabi boshqa shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritish men uchun asosiysi emas demoqchimasman. Biroq eng muhimi – Chempionlar ligasi hamda primerada g‘alaba qozonish, qolgani o‘z vaqti bilan keladi.

Angliyada “Tottenxem” safida to‘p surib, “yil o‘yinchisi” nomiga sazovor bo‘lganimda ham mavsum boshida sovrin haqida o‘ylamaganman. Shunchaki jamoaga foydam tegishiga harakat qilganman.

Ba'zi futbolchilar shaxsiy sovrinlarni qo‘lga kiritishga bog‘lanib qolgan bo‘lishadi va bu ularning foydasiga xizmat qiladi. Biroq men shunchaki gol urish va gollik vaziyatlar yaratishni hamda sovrinlarni qo‘lga kiritishni xohlayman”, – dedi futbolchi. 

Top