21:32 / 23.11.2015
2146

Germaniya hukumati noyabr oyida 180 ming muhojirni ro‘yxatdan o‘tkazdi

Germaniya hukumati mamlakatga tashrif buyurayotgan qochqinlar soni o‘sganiligini e'tirof etdi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Germaniya politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, noyabr oyida muhojirlar soni 180 ming nafarga yetgan. Oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 181 ming nafarni tashkil etgan edi.

O‘tgan yakshanba kuni 14 482 yangi muhojir ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Oxirgi ikki hafta mobaynida Germaniyaga har kuni 7–8 ming qochqin kelgan.

5 noyabr kuni mamlakat chegarasidan o‘tgan qochqinlar miqdori rekord darajaga ko‘tarilgan edi — 10 ming nafar.

Ma'lum bo‘lishicha, Germaniya hukumati joriy yil hisobidan 800 ming nafar muhojirni qabul qilishni rejalashtirgan. Shunga qaramay oktabr oxirida 758 ming muhojir ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan.

Top