18:49 / 23.11.2015
5080

Instagram`dan reportaj: Chiroqsiz qolgan Qrim

22 noyabr kuni Ukraina hududida elektr tarmog‘ida sodir etilgan portlash natijasida Qrim yarimoroli elektr ta'minotisiz qolgan edi. Shu munosabat bilan hududda favqulodda holat e'lon qilindi.

Bir kun ichida avariyaviy ta'minot manbalari evaziga Qrimda elektr tokiga bo‘lgan talab qisman qondirildi.

23 noyabr kuni Qrimda dam olish kuni deb e'lon qilindi. Davlat hukumat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari xodimlari, xavfsizlikni ta'minlash mahkamalari uchungina istisno tariqasida ish kuni deb e'lon qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa kun davomida chiroqsiz qolgan Qrim hayoti tasvirlangan yuzlab suratlar e'lon qilindi.

Top