12:36 / 23.11.2015
9831

Iroqda jangarilar ijtimoiy tarmoqlarda IShIDni tanqid qilgan talabalarni qatl qilishdi

Iroqning Mosul shahrida ijtimoiy tarmoqlarda ekstremizmni tanqid qilgan 12 nafar talaba IShID jangarilari tomonidan qatl qilindi, deya xabar berdi VVS guvohlar ma'lumotiga asoslangan holda.

Axborot manbasining xabariga ko‘ra, Iroq xavfsizlik organlari talabalar jasadlarini mahalliy o‘likxonadan topishdi.

Qayd etilishicha, 2014 yilda IShID tomonidan egallab olingan shaharda qattiq politsiya tartibi joriy etilgan. U yerda shariat qoidalari hukm surib, musulmon diniga mansub bo‘lmaganlar Mosuldan quvib chiqarilgan.

Top