11:49 / 23.11.2015
2407

Iroqning shimoli-sharqidagi ikki xalqaro aeroport parvozlari bekor qilindi

Iroqning shimoli-sharqida joylashgan Erbil va Sulaymoniya shahridagi xalqaro aeroportlarning 23 noyabrga mo‘ljallangan deyarli barcha parvozlari bekor qilindi.

Sulaymoniya xalqaro aeroporti onlayn-tablosi ma'lumoti asosida aytish mumkinki, 23 noyabrdagi barcha parvozlar bekor qilingan. Faqatgina mahalliy vaqt bilan 03.45 va 5.00 da Istambuldan keladigan va 4.45 da Istambulga qilinadigan parvoz bundan istisno qilingan.

Xuddi shuningdek, Erbil xalqaro aeroporti onlayn tablosi ham 23 noyabrga mo‘lajallangan reyslarning bekor etilganini ko‘rsatib o‘tdi.
24 noyabrdagi parvozlar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan. Faqatgina Istambulga bo‘ladigan parvozlargina ma'lum xolos.
Parvozlarning bekor qilinishi sabablarini ikkala aeroport ma'muriyati ham tushuntirib bermagan.

Top