09:33 / 23.11.2015
4724

IShID jangarilari Mosulda 19 politsiyachini garovga olishdi

IShID jangarilari Iroqning Mosul viloyati hududidagi el-Mrir qishlog‘ida (IShIDning Iroqdagi markazi Mosul shahridan 35 km janubda) 19 nafar politsiyachini hibsga oldi. Bahrayndagi "Al-Vasat" gazetasida yozilishicha bu politsiyachilar Iroq armiyasi bilan hamkorlik qilishda ayblangan.

Qo‘lga olinganlarning 7 nafari zobitlar hisoblanadi.

Iroqning ikkinchi yirik shahri bo‘lmish Mosul 2014 yilning 10 iyunida IShID tomonidan bosib olingandi. Hududdagi politsiyachilar o‘shanda IShIDga taslim bo‘lib, uning tarkibiga qo‘shilgan.

Top