16:11 / 23.11.2015
2326

Kemeron: Britaniya IShIDga qarshi kurashda ishtirok etishi zarur

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Parijdagi safari chog‘ida mamlakat harbiy kuchlari Fransiya bilan birgalikda Suriyada IShIDga qarshi kurashishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

“Shu hafta men parlamentga IShIDga qarshi kurash bo‘yicha kompleks rejani taklif qilaman”, - dedi Kemeron Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, britaniyaliklar Ollandning IShIDga qarshi kurash olib borish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Top