09:00 / 23.11.2015
2519

Kuvayt Sharm-ash-Shayx bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqa o‘rnatdi

Kuvayt hukumati mamlakat poytaxti va Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqa o‘rnatdi, deb xabar bermoqda KUNA axborot agentligi.

Bu haqda Kuvayt axborot vaziri shayx Salmon Saboh Salim al-Homud as-Saboh Misr sayyohlik vaziri Hishom Za'zu bilan uchrashuvi davomida ma'lum qildi.

“Biz misrlik birodarlarimiz bilan yakdilmiz va sayyohlik sohasida ko‘mak berishga tayyormiz. Biz Misrni qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki bu mamlakat arablar, ayniqsa Kuvayt uchun muhimdir”, deb aytdi as-Saboh.

As-Sabohning aytishicha, Kuwait Airways aviakompaniyasi Sharm-ash-Shayxga muntazam reyslar amalga oshiradi. Bunday reyslardan birinchisi 1 dekabrda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Top