19:48 / 23.11.2015
2654

Qozog‘istonda neft-servis kompaniyalarining 40 ming xodimi ishidan mahrum bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda neft-servis kompaniyalarining 40 ming xodimi ishidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Vladimir Shkolnik bayonot berdi.

Bashoratlarga ko‘ra, 2015 yili yer osti boyliklari bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarining umumiy daromadi miqdori 2014 yildagiga qaraganda 52 foizga tushib ketadi. Bu esa kompaniyalarni asrab qolish uchun jiddiy choralar ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Servis va maosh 31 foizga qisqartiriladi.

“Tushunarliki, bu narsa keyingi yilda ham davom etsa, operatsion xarajatlar ham qisqaradi... 40 ming kishi tahdid zonasida bo‘lishi mumkin... bu servis kompaniyalariga tegishli ma'lumotdir. Bevosita neft qazib oluvchi kompaniyalar haqida gapirsak, u yerda vaziyat yanada og‘irroq”, - tan oldi vazir.

Top