07:44 / 23.11.2015
3361

Ramzon Qodirov: Chechenistonda IShID safiga qo‘shilganlarga nisbatan 292 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Chechenistonda IShID safiga qo‘shilgan 311 nafar kishiga nisbatan 292 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov respublika prokurori Sharofuddin Abdulqodirov bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.  

“Uchrashuvda Suriyada “iblis davlati” qatorida respublika fuqarolari ishtirokining oldini olish masalalari ham ko‘rildi. Prokuror fuqarolarning IShIDdagi ishtiroki haqidagi barcha ma'lum dalillar qayd qilinib, ular bo‘yicha tergovgacha tekshiruv o‘tkazilayotganini ta'kidlab o‘tdi. 2015 yilning noyabr holatiga ko‘ra, 311 kishiga nisbatan 292 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deb ma'lum qildi Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Qodirovning aytishicha, davlat hokimiyati va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan ko‘rilayotgan choralar evaziga Suriyaga yoshlarning ketishi minimallashtirildi.

Top