17:38 / 23.11.2015
11220

Ravon Matiz Rossiya avtobozoridagi eng arzon avtomobil maqomini saqlab qoldi

"Rossiyskaya gazeta" nashri 2015 yilning noyabr oyidagi eng arzon yangi avtomobillar o‘nligini tuzib chiqdi. Mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasida Ravon Matiz tilga olindi. Ayni paytda Ravon Matiz Rossiyada 314 ming rublga sotilmoqda.

Lifan Smily kichik xetcheki darhol ikkinchi o‘rinni mustahkam egalladi. Standart jamlanmasi bilan mazkur avtomobil 319 900 rublga baholangan. Mashina tashqi tomondan britaniyaning Mini Cooper`ini eslatib, 1,3 litrli 89 ot kuchiga ega motor bilan ta'minlangan.

Sedan kuzovidagi Lada Granta modeli esa uchtalikni yakunlab berdi. Mazkur mashina so‘nggi oyda 8 ming rublga qimmatlab, bozorda 348 ming rubldan sotilmoqda. Avvalgi reytingda uchinchi o‘rinni band etgan Lada Granta liftbeki 368500 rublga baholanib, birato‘la beshinchi pog‘onaga tushdi.

Oltinchi o‘rinni yana bir Lifan modeli – Solano egalladi. U 379900 rublga sotilayotgan bo‘lsa, reytingning keyingi o‘rinlarini Geely GC6 (389 000 rubl), Chery Bonus (389 999), Datsun on-DO (391 000) hamda Renault Sandero (399 000) xetchbeki qayd etildi.

Bu safar Chery Veryva Lada Kalina birinchi o‘ntalikni tark etishdi. Xitoy mahsuloti deyarli 400 ming rublga baholangan bo‘lsa, “AvtoVAZ” xetchbeki 20 ming rubllik chegirmasi bilan 411 mingdan taklif qilinmoqda.

Darvoqe, noyabr oyida Ravon Matiz sitikarining yangi avlodi Rossiyada 2016 yilning mart-aprel oyidan savdoga chiqarilishi ma'lum bo‘ldi. Rossiya top-10 reytingiga 379 ming rubldan boshlanadigan Ravon Nexia avtomobilining kiritilishi ham kutilmoqda.

Top