20:58 / 23.11.2015
9925

Samarqanddagi masjidlardan birida yong‘in yuz berdi

23 noyabr kuni, Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi So‘zangarorn ko‘chasida joylashgan Xoja Nisbatdor masjidida yong‘in ro‘y bergan.

Taniqli bloger Toshpo‘lat Rahmatullayevning bu haqda xabar berishicha, olov ichida qolgan yangi bu masjid mahalla aholisi mablag‘lari va kuchi evaziga hashar yo‘li bilan qurilgandi.

"Guvohlarning aytishicha, yong‘inni o‘chirish maqsadida hududga 4ta o‘t o‘chirish mashinasi kelgan, ulardan 3tasida suv bo‘lmagan", deya yozadi Samarqand shahrida istiqomat qiladigan jurnalist.

Yong‘indan olingi holati

Top