17:12 / 23.11.2015
3492

Tojikistonlik noqonuniy muhojirlar Nijniy Novgoroddagi maxsus qabul bo‘limidan devorni teshib qochib ketishdi

Tojikistonlik uch nafar noqonuniy muhojir Rossiyaning Nijniy Novgorod shahridagi chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash muassasidan qochib ketdi. Ular devorning kichik bir qismiga g‘isht terilmaganini aniqlab, o‘sha yerdan teshik ochishgan va qochishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ikkinchi qavatdan pastga tushib olish uchun esa tojikistonliklar bir-biriga bog‘langan choyshablardan foydalanishgan.
Aniqlanishicha, qochish sodir bo‘lgan chog‘da muassasa qorovuli uxlab qolgan, shu bois muhojirlar bemalol ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishgan.

“Qo‘riqchilar har soatda barcha joylarni aylanib chiqishi shart. Shunga qaramay, bizning qo‘riqchimiz uxlayotgan edi. Inson omili ham rol o‘ynaydi, shunaqasiyam bo‘ladi”, - tan oldi migratsion xizmat xodimlaridan biri.
Darvoqe, ushbu kamerada, qochoqlardan tashqari, yana uch muhojir bor edi. Ammo ular kamerada qolishni ma'qul topishgan.

Top