21:21 / 23.11.2015
7088

Toshkentda inkassatsiya xizmatining Captiva’si ishtirokida YTH yuz berdi

23 noyabr kuni Toshkent shahrining Qoratosh dahasida, O‘zbekiston Banklari assotsiyasi binosi qarshisida inkassatsiya xizmatiga tegishli Captiva avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida xabar qilingan.

Hodisa guvohlari tomonidan olingan fotosuratlarda inkassator avtomobili qayrilib olishga harakat qilgan vaziyatda, qatnov qismi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Lacetti avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

"Ushbu YTH da qaysi tomonning aybdor ekanligi va  avtohalokatlar bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar hozircha noma'lum", deyiladi UZ24.uz xabarida.

Top