09:57 / 23.11.2015
4001

Xavi: "Barselona" "Real"ga qarshi o‘yinda futboldan dars berdi

"Barselona" jamoasining sobiq yarim himoyachisi Xavi kataloniyaliklarning "Real"ga qarshi kechgan klasiko bahsida qozongan g‘alabasi (4:0) haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Garchi "Real" darvozasiga yana gol urilmagan (beshinchisi) bo‘lsada, "Barselona" yaratgan golli vaziyatlardan kelib chiqsak, hisob ancha yirikroq bo‘lishi ham mumkin edi. "Real"da ham ikki yoki uchta golli vaziyat bo‘ldi, ammo "Barselona"da 20tadan ortiq shunday vaziyatlar bo‘lganini ko‘rdik.

Bu "Santyago Bernabeu"da qo‘lga kiritilgan tarixiy g‘alaba bo‘lib qoladi. "Barselona" o‘sha oqshomda barchaga futbol darsi berdi. O‘yinni tomosha qilib katta zavq oldim va sobiq jamoadoshlarimni tabrikladim.

Men o‘yinni tomosha qilish davomida vaqtni mazmunli o‘tkazdim, chunki men muxlislik qilgan jamoa ("Barselona") raqibni barcha chiziqlarda dog‘da qoldirdi

O‘yindagi barcha gollar, ayniqsa Inestaniki juda chiroyli chiqdi", - deydi Xavi EFE nashriga.

Top