10:24 / 23.11.2015
3538

Zidan: "Benites "Real" murabbiyi. Men shoshayotganim yo‘q"

“Real Madrid” yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining birinchi jamoa tarkibida faoliyat olib borishi haqidagi fikrlarga izoh berdi.

“Men “Kastilya” murabbiyiman, Benites esa “Real”ning birinchi jamoasi murabbiyi, hozircha hammasi joyida.

Menda hali ko‘p kamchiliklar bor. Lekin murabbiy har doim ham to‘liq tayyor bo‘lmaydi. Hozir ham futbolchilik faoliyatimdagi kabi bosqichma-bosqich harakat qilmoqdaman. Hech qayerga shoshayotganim yo‘q”, – dedi Zidan.

 

Top