00:21 / 24.11.2015
2867

“Laboratoriya Kasperskogo” Braziliyani kiberjinoyatchilar uchun eng maqbul joy deb atadi

“Laboratoriya Kasperskogo” tadqiqoti natijalariga ko‘ra dunyodagi kiberhujumlar spetsifikasiga ko‘ra Braziliya kiberjinoyatchilar uchun eng maqbul joy deb tan olindi. Bu haqda “Gazeta.Ru”ga tushgan matbuot-bayonotida xabar berilmoqda.

2014 yilda Braziliya moliyaviy hujumlar nuqtai nazaridan eng xavfli mamlakat deb topilgan. Braziliyaning ChePro oilasiga mansub “troyan” virusi Zeus’dan keyin dunyoda tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi virus bo‘lgan. Eng ko‘p hujum qilingan kompaniyalar ro‘yxatiga aynan Braziliya kompaniyalari va brendlari kirdi. Fishing hujumlar bo‘yicha mamlakat birinchi o‘rinni egalladi.

Braziliyalik kiberjinoyatchilar Sharqiy Yevropadan olingan hujumlar usullarini qo‘llaydilar. Qoida bo‘yicha, bu hujumlar internet-provayderlar, modem yoki tarmoq qurilmalariga yoki milliy to‘lov tizimlari va davlat muassasalarining axborot texnologiyalari resurslariga qilinadigan hujumlardir.

Braziliya banklar federatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda mahalliy banklar internet-banking, telefon yoki bank kartochkalarini klonlashtirish yordamida amalga oshirilgan firibgarlik natijasida 1,4 mlrd real (500 mln dollar) yo‘qotganlar.

Top