19:02 / 24.11.2015
9932

“O‘zbeknavo” Esmeraldani kechirdi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Tamila taxallusi ostida ijod qiluvchi Esmeralda Raxmatovaning litsenziyasini qaytardi. Bu haqda Sayyod.com sayti xabar berdi.
E'lon qilingan litsenziya fotosuratidan ko‘rish mumkinki, litsenziya “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining 2015 yil 10 noyabrdagi buyrug‘i asosida taqdim etilgan. Tamila ushbu litsenziya orqali O‘zbekiston va xorijda konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini olib borish huquqiga qaytadan ega bo‘ldi.


Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi 2015 yil 1 iyuldan Sabirov Anvar Karimovich, Raxmatova Esmeralda Najmiddinovna (Tamila) va Umarova Kamila Raxmatulloyevna (Yagona)lar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-sonli Qarori hamda litsenziya bitimida nazarda tutilgan talablar va shartlarni buzganligi sababli xonandalar nomiga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan edi.

Top