19:59 / 24.11.2015
3506

“UzBowling” sport majmuasida “Kamolot” boshlang‘ich tashkiloti yetakchilarining bouling turniri bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 23 noyabr kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yakkasaroy tumani Kengashi tashabbusi bilan “UzBowling” sport majmuasida bouling bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bellashuvda Yakkasaroy tumanidagi ta'lim muassasalarining 35 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchisi o‘zaro bahs olib bordi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tuman kengashi tomonidan taqdirlandi.

Top