07:59 / 24.11.2015
1942

Amerikaliklar sayohat vaqtida terakt qurboniga aylanishi mumkinligidan ogohlantirilishmoqda

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni sayohatlarga chiqish orqali terakt tahdidi ostida qolishlari mumkinligidan ogohlantirmoqda.

"Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, IShID, "Al-Qoida", "Boko Haram" va boshqa ko‘plab ekstremistik guruhlar keng ko‘lamli terrorchilik xurujlarini amalga oshirishni rejalashtirishgan", deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, tahdidlar haqida oldin ham ogohlantirib kelingan, lekin hozirda tahdid xavfi kuchaygan.

Biroz oldinroq, FQB Atlantada terakt sodir etilishi mumkinligi haqida paydo bo‘lgan xabar tasdiqlanmaganini bildirgandi.

Top