16:50 / 24.11.2015
4208

BMT: Su-24 bilan bog‘liq hodisa terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha vaziyatni mushkullashtiradi

Rossiya harbiy samolyoti bilan bog‘liq hodisa Suriyada terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha vaziyatni murakkablashtirishi mumkin, deya ma'lum qildi BMTning Jyenevadagi bo‘limining rasmiy vakili Ahmad Fauziy 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

“OAV xabariga tayansak, Rossiya samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishi vaziyatni mushkullashtirishi mumkin”, - dedi Fauziy.

U BMT XK terrorizm bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilgani, biroq bunday kurash barcha umuminsoniy me'yorlarga rioya etilgan holda hamda qonun va inson huquqlari himoyasiga asoslanib amalga oshirilishi lozimligini eslab o‘tdi.

Top