10:37 / 24.11.2015
2978

Eronlik futzalchi ayol eri taqiqlashiga qaramay JChga ishtirok etishga ruxsatnoma oldi

Futzal bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi a'zosi Nilufar Ardalan eri unga mamlakat hududini tark etishni taqiqlashiga qaramay, Gvatemaladagi JChda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritidi. Bu haqda AFP xabar bermoqda.

Avvalroq Ardalan Osiyo chempionatini o‘tkazib yuborgan edi. O‘shanda eri maktabga birinchi marta borayotgan o‘g‘lining yonida bo‘lishini undan talab etgan edi. Islom shariatiga ko‘ra, boshqa mamlakatga chiqish uchun ayol o‘z eridan ruxsat so‘rashi kerak bo‘ladi.

Ardalan xorijga bir martalik chiqish bo‘yicha vizani qo‘lga kiritigan.
Ma'lumot uchun, Gvatemaladagi jahon chempionati joriy yilning 24—29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Top