13:01 / 24.11.2015
9903

Hoshim Arslonov: hokimlar spektaklda o‘zini tanidi va mendan xafa bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor va dublyaj ustasi Hoshim Arslonov o‘zi yaqinda “Ezgulik yo‘li” spektaklida gavdalantirgan hokim obraziga bo‘lgan munosabat yuzasidan izoh bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu sahna asari yaqinda qo‘yilgan bo‘lib, san'atkorlar uni namoyish etish uchun turli viloyatlarga gastrollar uyushtirishdi. Asarda bosh rolni o‘ynagan Hoshim Arslonov hokim qiyofasida sahnaga chiqdi.

“Shuhrat Rizayev qalamiga mansub bu asarda kechagi va bugungi hayot, mustaqillik qadri o‘ziga xos sahnalarda ochib beriladi, - dedi u “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida. – Pesa Farg‘ona, Buxoro viloyatlarida tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Hokim rolini menga berishganda, bajonudil rozi bo‘lganman. Chunki bugungi hokim obrazi – zamon qahramoni”.

San'atkorning ta'kidlashicha, ayrim hududlarda tomoshaga kelgan hokimlar uning ijrosida o‘zlarini tanib, aktyordan xafa bo‘lib qolishgan.

“Spektakl sahnaga chiqqach, tasvirga olindi. Shu tasvirlarni ko‘paytirib, hokimlarga jo‘natdim. Ko‘plari “meni qolip qilib olganmisiz?” deb xafa bo‘lishdi. Xursand bo‘lganim – ular spektaklda o‘zini tanidi, o‘zini ko‘ra bildi. “Mening ham mana shunday kamchiligim bor. Balki ba'zida odamlar bilan noto‘g‘ri muomala qilayotgandirman”, degan xayolga kelishi mehnatimizning besamar ketmaganidan darak beradi”, - ta'kidladi Hoshim Arslonov.

Top