15:17 / 24.11.2015
7559

Ilm-fan yangiliklari: bugun Lyusi 41 yoshga to‘ldi

1974 yilning 24 noyabr kuni paleoantropolog Donald Joxanson boshchiligidagi Fransiya-AQSh ekspeditsiyasi Efiopiyadagi Avash daryosi vodiysidan avstralopitek suyaklarini topdi. 3.2 mln yil muqaddam yashagan ayol suyaklari paleoantropologiya fanida ulkan o‘zgarish yasadi.

Topilma, suyaklar ayol kishiga tegishli bo‘lgani bois, shartli ravishda “Lyusi” deb ataldi. Bir necha yillardan so‘ng ekspeditsiya rahbari shu nom ostida kitob nashr etdi.

Suyaklar 40 foizga saqlanib qolgan bo‘lib, bu fanda kamdan-kam kuzatiladigan holatdir. Bu avstralopiteklarning tashqi qiyofasini ilgarigidan ancha to‘liq tiklash imkoniyatini berdi. Aytilishicha, topilma amalga oshirilganidan azbaroi xursand arxeologlar o‘sha kuni qarorgohlarida chinakam bayram uyushtirishgan, magnitofonda The Beatles guruhining Lucy in the Sky with Diamonds qo‘shig‘i yangrab turgan.

Lyusining plastikdan ishlangan nusxasi Addis-Abebadagi Efiopiya milliy muzeyida saqlanadi.
Olimlarning aniqlashicha, Lyusi halok bo‘lganida 25-30 yoshlar orasida edi.

Top