22:54 / 24.11.2015
3455

IShID Sinaydagi mehmonxona oldida uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

IShIDning Misrdagi bo‘linmasi bo‘lmish «Ansor Bayt al-Maqdis» bugun, 24 noyabr kuni Sinay yarim orolidagi El-Arish shahrida joylashgan mehmonxona oldida uyushtirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu haqda CNN telekanalining tvitteri orqali ma'lum qilingan.

Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, ushbu terakt tufayli qurbon bo‘lganlar soni 5 nafarni, jarohatlanganlar esa 12 nafarni tashkil etgan.

Ma'lumot berilishicha, shahardagi mehmonxona oldida mashina portlatilgan. Ko‘p o‘tmasdan (10 daqiqa o‘tib) terrorchi-xudkush tanasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan.

Halok bo‘lganlardan biri politsiyachi edi. Jarohatlanganlardan esa 9 nafari politsiya xodimlari, ikkisi sud hakami.

Bu mehmonxonada mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovini kuzatish uchun kelgan guruhlar a'zolari istiqomat qilayotgandi.

Top