19:46 / 24.11.2015
2573

Kollej bitiruvchilari uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi”ga ekskursiya tashkil etildi

2015 yilning 20 noyabr kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Yakkasaroy tumani Kengashi tashabbusi bilan “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” AJda ochiq muloqot va yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha ijtimoiy-ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar” dasturi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan ushbu tadbir doirasida Yakkasaroy tumanida joylashgan bir qator o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ekuskurtsiyasi tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 80 nafar bitiruvchiga kelajakdagi maqsadlarini amalga oshirishlari uchun tavsiyalar berildi.

Top