18:55 / 24.11.2015
3801

Las Vegas - yirik neon metropolisi

Taniqli suratkash Vinsent Laforet yirik shaharlarning nurli oqshomlarini kadrlarga muhrlab kelmoqda. Uning Las Vegas tuni tasvirlangan suratlari ham faoliyatidagi yorqin ishlardan biri bo‘ldi. Suratlarda zulmat bilan o‘ralgan shahar neon metropolisiga aylangan. Neon chiroqlar zulmatni ham oydin qilib yuborgan. Avvalroq fotograf Nyu-Yorkni ham xuddi shu uslubda suratga olgan edi.

Shaharning tungi manzarasini eng yaxshi rakursda ko‘rsatish uchun Laforet vertolyotda dengiz sathidan 10,800 balandlikka ko‘tarildi. Albatta, samoda turib surat olish ham matonat, ham jasorat talab qiladi. Biroq u shaharga yuksakdan nazar solar ekan, barcha qo‘rquvni unutdi. Gunohlar shahri yog‘du oroli bo‘lib tuyuldi. 

Zamonaviy asbob-uskunalar fotografga yuqori sifatli, o‘zi orzu qilgandek, o‘n yillikning eng yaxshi suratlarini olish imkonini tuhfa etdi.

 
Top