20:05 / 24.11.2015
5127

Lavrov Turkiya safarini bekor qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya safarini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti nashri xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu qarorga kelinishi Turkiya tomonidan Suriya osmonidagi Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti urib tushirilgani bilan bog‘liq.

Rossiyaga tegishli va Suriyada jangarilarga qarshi amaliyotlarda ishtirok etayotgan Su-24 rusumli samolyoti Turkiya havo chegarasini buzib o‘tganligi uchun urib tushirilgan.

Rossiya tomoni samolyot faqat Suriya hududida harakatlanganini ta'kidlagan.

Bundan oldinroq, Turkiya hukumati huzuriga AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya elchilarini shu hodisa bo‘yicha muhokama o‘tkazish maqsadida chaqirilgani xabar qilingandi.

Shuningdek, Turkiyaning Rossiyadagi harbiy attashesi Su-24 halokati bo‘yicha suhbat o‘tkazish uchun chaqirilgan.

Top