08:34 / 24.11.2015
2454

Malida mehmonxonaning bosib olinishi qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Terrorchilar tomonidan Mali poytaxti Bamakoda Raddison Blu mehmonxonasining bosib olinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi, deb ma'lum qildi tergov guruhi boshlig‘i Bubaka Sidiqiy Samaka. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.

“Tergov davom etmoqda, u jinoyat tashkilotchilarini aniqlashga va ularni qonun qo‘llariga topshirishga imkon beradi”, deb aytdi Samaka.

Uning aytishicha, ayni paytda Bamakoda tergov doirasida tintuvlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Mali hukumati mehmonxonani bosib olishga aloqador bo‘lgan gumonlanuvchilarning suratini chop etgan edi.

Bamakodagi mehmonxonaga hujum 20 noyabrda amalga oshirildi. 170 nafar kishi garovga tushib qolgan. Terakt oqibatida Rossiyaning 6 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Ularning barchasi “Volga-Dnepr” aviakompaniyasi xodimlari bo‘lgan.   

Top